15:41 / 02.02.2017
6107

Nokia 2016 yilda qancha zarar ko‘rgani ma'lum bo‘ldi

Finlyandiyaning Nokia smartfonlar va telekommunikatsiya qurilmalari ishlab chiqaruvchi kompaniyasi 2016 yilning 4-choragida 658 million yevro sof foyda oldi, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32 foizga ko‘proq. Bu haqda kompaniya hisobotida aytildi.

Hisobot davrida daromad 6,6 milliard yevroga teng bo‘ldi, bu bir yil avvalgidan 84 foizga ortiqroq. Shu bilan bir qatorda, operatsion daromad 51 foizga kamaydi – 317 million yevrogacha.

Nokia’ning 2016 yildagi sof buromadi 912 million yevroni tashkil qildi. Daromad esa 23,6 milliard yevroga teng bo‘lib, 13 foizga o‘sgan. Operatsion zarar 1,1 milliard yevroga ortdi, 2015 yilda esa kompaniya 1,69 milliard yevro hajmidagi operatsion daromad olgan.

Nokia va u tomonidan 2016 yilda xarid qilingan Fransiyaning Alcatel-Lucent’ning moliyaviy natijalari bo‘yicha umumiy ma'lumotlari 2016 yilning 4-choragida operatsion daromad 27 foizga pasayib – 940 million yevroni tashkil qilganini ko‘rsatdi. Bu davr mobaynida daromad 13 foizga qisqarib, 6,7 milliard yevroga teng bo‘ldi.

Nokia rahbari Rajiv Suri “2016 yildagi moliyaviy natijalardan ko‘ngli to‘lmagan bo‘lsa-da, kompaniya ko‘rsatkichlar 2017 yilda yaxshilanishini kutmoqda” dedi.

Ma'lumot uchun, Nokia – Finlyandiyaning transmilliy kompaniyasi bo‘lib, mobil, keng polosali va IP-tarmoqlari uchun telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqaradi. 

Mavzuga oid
Top