21:25 / 02.02.2017
9279

OAV: Yaman hududidan berilgan zarba oqibatida Saudiya Arabistoni va BAA armiyasining o‘nlab harbiylari halok bo‘ldi

Saudiya Arabistoni va BAA harbiylaridan 80 nafari Yaman hududidan yo‘llangan artilleriya zarbasi oqibatida halok bo‘lgan. Bu haqda Eron axborot agentligi xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, Qizil dengiz hududida joylashgan Zukar orolidagi saudiyaliklar bazasiga zarba berilgan.

Xabar qilinishicha, hujum oqibatida harbiy texnikalar yo‘q qilingan.

Ma'lumot uchun, maydoni 100 km kv bo‘lgan, Yaman qirg‘oqlari va Eritreya o‘rtasidagi suvlarda joylashgan Zukar orolidagi bazada Saudiya Arabistoni va BAA harbiylari Yamanga yo‘l olishdan oldin oxirgi tayyorgarlikdan o‘tadi.

Mavzuga oid
Top