Yozuvchi va jurnalist Darius Foru Medium’dagi blogida o‘ziga xos izoh qoldirdi. Unda u ishbilarmonlar odatlari haqida maqolalar o‘qish nima uchun hech qanday foyda keltirmasligi haqida so‘z yuritgan. Muallif fikricha, hattoki omadli insonlar prinsiplaridan foydalansangiz ham, ularni hayotga tatbiq etish mushkul narsa, bundan tashqari, ular insonning shaxsiy yo‘lini to‘sib qo‘yadi.
«Siz ishbilarmonlar, yozuvchilar va boshqa mashhur insonlarning barcha sirlarini ochish haqida va'da beruvchi kitob va maqolalarni ko‘p ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Sizga vaqtingizni bekorga sarflamay, ularni o‘qimaslikni tavsiya qilaman», - deb yozadi Foru.
Bunday maqolalar turli janrlarda yoziladi. Mening eng sevganim esa – g‘olib va mag‘lub bo‘lganlar o‘rtasida farq haqidagisi. «Omadli insonlarni oddiy kishilardan farqlab turuvchi odatlar».
Izoh muallifi fikricha, bunday maqola va kitoblar faqatgina bir maqsad bilan yoziladi – o‘quvchini o‘zi bilan faxrlanishiga majbur qilish uchun. «"Ko‘rayapsizmi, menda omadli insonlarga xos bo‘lgan barcha jihatlar bor. Men ulardan biriman". Bunday maqolalar har doim jarayonga emas, balki natijaga bor e'tiborni qaratadi. Bunday sermahsullik taktikasi va foydali odatlardan foydalanish – bu juda yaxshi. Biroq hammasi ham ularga bog‘liq emas».

Bundan tashqari, Foruning so‘zlariga ko‘ra, bunday materiallarning deyarli barchasida omad, mablag‘ va maqom orasidagi aloqa kuzatilmaydi. «Barchamiz omad katta mablag‘ga ega bo‘lish bilan cheklanib qolmaydi, degan fikrni bildirishimiz mumkin. Albatta, bunda yolg‘on ishlatamiz: aslida, har birimiz omad deganda pullarni tushunamiz. Keling haqiqatni tan olaylik».
Muallif yozuvchi Derek Siversdan ("Anythind You Want") iqtibos keltiradi. U Tim Ferrisning shousida shunday degan: «E'tibor bering: har gal "omadli bo‘lishni" xohlayotganingiz haqida gapirsangiz, aslida siz "ko‘p pul topishni" nazarda tutasiz». «Boylikka intilishda hech qanday yomon narsa yo‘q. Kishilar istalgan narsa haqida orzu qilishlari mumkin».
«Agarda siz biz omad deganda odatda boylikni nazarda tutishimizni tan olsangiz, keling millionerlar odatlari haqida gaplashamiz», - davom etadi Foru. U o‘z ustozi bilan bunday maqolalarni muhokama qilgan. «Bu inson hech qachon internetda nimadir o‘qimaydi. U qog‘ozli gazeta va kitoblarni xush ko‘radi. U texnologiyalar ishqibozi emas – o‘tgan yilga qadar tugmali telefondan foydalangan».
«U eski maktab insoni. Omad haqida esa shunday deydi: omad va kompaniya hamda karera barpo etish o‘rtasida iste'dod va tinimsiz mehnat o‘rtasidagidek farq bor. Men tarixda hech qanday iz qoldirmagan ko‘plab kishilarni bilaman. Iste'dodi bo‘lmagan shaxslar ham ko‘plab yaxshi narsalarni qilishgan. Omadli bo‘lishni bilish borasidagi bilim – omad kafolati emas».










