21:18 / 02.02.2017
24776

Putin kuch tuzilmalaridagi 17 generalni lavozimidan ozod etdi

Foto: TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putin kuch tuzilmalaridagi, asosan Favqulodda vaziyatlar vazirligidagi, 17 generalni egallab turgan lavozimidan ozod etdi. Tegishli farmon huquqiy axborot portalida joylashtirildi.  

Farmonga ko‘ra, ichki xizmat general-leytenanti, Rossiya Federatsiyasi fuqarolik mudofaasi, favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish vazirligining O‘t-o‘chirish-qutqarish kuchlari va maxsus tuzilmalar departamenti direktori Agafonov Aleksandr Viktorovich; FVV hududiy siyosati departamenti direktori Yuriy Kovalev; Karachay-Cherkes Respublikasi ichki ishlar vaziri, politsiya   general-mayori Kazimir Botashev; FVVning Uzoq Sharq mintavaqiy markazi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari, general-mayor Oleg Volinkin; FVVning Shimoli-G‘arbiy mintaqaviy markazi boshlig‘i, general-mayor Igor Gorbatenko; FVVning Shimoli-Kavkaz mintavaqiy markazi boshlig‘i, general-polkovnik Nikolay Lityuk; Yaroslav viloyati prokurori, uchinchi toifadagi davlat maslahatchisi (general-mayor unvoniga to‘g‘ri keladi) Yuriy Verxovtsev; Xanti-Mansiysk muxtor okrugi – Yugra tergov qo‘mitasi tergov boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Arkadiy Singayevskiy va bir qator boshqa generallar o‘z lavozimidan ozod etildi.

Shu farmon bilan favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosarlari etib Vladlen Aksenov va Pavel Barishev tayinlangan.

Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirida umumiy hisobda 8 nafar o‘rinbosar bo‘lgan. Endilikda ozod etilgan va yangi tayinlangan o‘rinbosarlar hisobga olinganda, ularning soni 6 nafarni tashkil qilmoqda. 

Top