11:21 / 02.02.2017
21328

Tramp: Eron Iroqni asta-sekinlik bilan bosib olmoqda

AQSh prezidenti Donald Trampning fikricha, Eron Iroqning tobora ko‘proq hududi ustidan nazorat o‘rnatmoqda. Bu hol, Vashingtonning sarflagan mablag‘lariga qaramay yuz bermoqda. 

"AQSh 3 trln dollar sarflaganiga qaramay, Eron Iroqni tobora ko‘proq va zudlik bilan egallab olayapti. Bu qachondan buyon aniq narsa!", - deb yozgan Tramp Twitter sahifasida.

Avvalroq, davlat rahbarining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Maykl Flinn, jurnalistlar uchun o‘tkazgan an'anaviy brifingida, Qo‘shma Shtatlar Eronning ballistik raketa sinovini qoralashini aytgan edi. Vashington, bu kabi harakatlarni mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikka rahna soluvchi deb hisoblashi sababli Tehronga rasmiy ogohlantirish beradi. 

Keyinroq, Oq uy vakillari javob choralarining "keng doirasi"ni ko‘rib chiqayotganini ma'lum qilishgan edi. 

Top