18:39 / 02.02.2017
12986

O‘zbekistonda noqonuniy taksi haydovchilari 2016 yilda deyarli 27 milliard so‘mlik jarimaga tortildi

Foto: © Flickr/ Metropolico.org

O‘zbekistonda 2016 yil davomida litsenziyasiz faoliyat olib borgan avtotransport vositalari egalariga nisbatan soliq organlariga taqdim etilgan 21721 protokollar asosida 26 milliard 670 million so‘m miqdorida moliyaviy jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

Bu haqda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Kengashida 17 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda aytildi, deb xabar beradi Nuz.uz nashri.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda yo‘lovchilarni tijoriy olib yurish faqatgina yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Noqonuniy taksichilik faoliyati jismoniy shaxslarga eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan 100 baravarigacha, lavozimli shaxslarga esa – eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan 150 baravarigacha jarima solinishini ko‘zda tutadi.

Top