10:55 / 03.02.2017
14544

AQShda Gitlerning shaxsiy telefoni auksionga qo‘yildi

AQShda Adolf Gitlerning shaxsiy telefoni auksion savdolariga qo‘yildi, deya xabar berdi Alexander Historical Auctions ochiq savdolar uyi.

Siemens telefoni vermaxtning sovg‘asi bo‘lgan. 1945 yilda sovet askarlari uni Gitlerning bunkeridan topishgan va apparatni 70 yildan ortiq vaqt davomida uyida saqlagan britaniyalik zobitga berishdi.

Auktsion uyi ushbu lotni “millionlab insonlar hayotiga nuqta qo‘ygan barcha davrlarning eng vayronakor “quroli” deb atadi. Telefonning taxminiy bahosi — 200-300 ming dollar.

Auktsion 19 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Telefondan tashqari, u yerda Uchinchi reyx davrining boshqa buyumlari ham sotiladi.

Mavzuga oid
Top