Jamiyat | 13:59 / 03.02.2017
6201
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikaning yirik do‘konlar tarmog‘i Ivanka Tramp brendidan voz kechdi

Foto: Reuters

Amerikaning Nordstrom kompaniyasi AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Trump brendidan voz kechdi, deb xabar bermoqda Business Insider. Ma'lum bo‘lishicha, bunga ushbu marka sotuvlari hajmining tushib ketgani sabab bo‘lgan.

Nordstrom matbuot kotibining aytishicha, kompaniya har yili taxminan 10 foiz brendni qisqartiradi va o‘z mahsulotlar turkumini shuncha miqdorda yangilaydi. «Biz bu holatda brend ko‘rsatkichlariga asoslanib, uni joriy mavsumda xarid qilmaslikni lozim topdik», - deya aniqlik kiritdi butun oilaga mo‘ljallangan multibrend do‘konlar tarmog‘i vakili.

Nordstrom qarori Tramp oilasi brendlariga tegishli mahsulotlarni sotayotgan kompaniyalarni boykot qilishga chaqiruvlar fonida qabul qilindi.

Ivanka Trump’da esa holat borasida hech qanday izoh berishmadi.

Mavzuga oid