11:03 / 03.02.2017
5519

Chili va Argentina chegarasida kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Lotin Amerikasining Argentina va Chili mamlakatlari chegarasida 5,4 ballik yer silkinishi ro‘y berdi. Bu haqda Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi xabar qilmoqda. 

Zilzila markazi 40 km yer qa'rida, Chili poytaxti Santyago shahridan 94 km shimoli-sharqda joylashgani aytilmoqda. 

Talofatlar va jabrlanganlar haqida xabarlar yo‘q. 

Top