Prezident Şavkat Mirziyoyev 3 fevral kuni Sergeli tumanida bunyod etilayotgan zamonaviy köp qavatli uy-joylar bilan tanişdi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.

Sergeli tumanida 2016-2017 yillar rejasiga asosan 4284 xonadondan iborat 102 zamonaviy köp qavatli uy-joy quriş işlari amalga oşirilmoqda. Mazkur yirik loyiha oilalarning turar joyga bölgan ehtiyojini qondiriş imkonini yaratadi. E'tiborlisi, uylar oilalarga imtiyozli ipoteka krediti orqali beriladi. 

Mustaqillikning 26 yilligi arafasida uşbu uy-joyning 66tasini foydalanişga topşiriş közda tutilgan. Şuningdek, ta'lim muassasalari, kiçik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari, aholiga maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari ham barpo etiladi. 

"Asosiy maqsadimiz odamlarga qulaylik yaratiş, ularning turmuş farovonligini yuksaltiriş. Mazkur uy-joylar taqsimotida adolat mezoniga qat'iy rioya etilişi kerak. Şunda xalqimizning kayfiyati yaxşi, hayotdan rozi böladi. Ertangi kunga işonçi ortadi. Aholining ehtiyoji, talabidan kelib çiqib bunday uylarni Toşkent şahrining 10 tumanida 10 tadan qurişni rejalaştirmoqdamiz", dedi Mirziyoyev.

Prezident mutasaddi rahbarlar va mutaxassislarga mazkur inşootlarni bugungi kun talablariga töla javob beradigan puxta loyihalar asosida quriş, ularni eng zamonaviy infratuzilmalar bilan ta'minlaş böyiça zarur tavsiyalar berdi.