Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasiga tashrif buyurdi

Foto: O‘zA
Shavkat Mirziyoyev 3 fevral kuni O‘zbekiston Prezidentning Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toshkent shahrida, shuningdek, har bir tuman va shaharda O‘zbekiston Prezidentining Xalq qabulxonalari tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasida ham fuqarolarning davlat organlariga murojaat qilishiga oid konstitutsiyaviy huquqlarini ta'minlash uchun barcha qulaylik yaratilgan.
Qabulxonaga kiraverishda Shavkat Mirziyoyevning «Insonlarning dardu tashvishlarini o‘ylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir», degan so‘zlari bitilgan.
Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, murojaatlarni ko‘rib chiqish va saqlash uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan. Xodimlar, yosh bolali onalar, nogironlar va fuqarolar uchun barcha jihatlar e'tiborga olingan.
Shavkat Mirziyoyev Xalq qabulxonasi faoliyati bilan tanishar ekan, uning tashkiliy jihatlariga yuqori baho berdi. Endi uni mazmunan boyitish, ichki madaniyatini mustahkamlash zarurligini alohida ta'kidladi.
"Toshkent shahrining salohiyati ham, aholi soni, odamlarning talabi ham boshqa joylardagidan yuqori. Ishni shunga muvofiq tashkil etish kerak. Bu maskan xalq manfaatlarini ta'minlaydigan, ishonchini qozonadigan dargoh, adolat zamini bo‘lsin", dedi davlat rahbari.
Tavsiya etamiz
Soliqchilar aniqlagan xato-kamchiliklar bo‘yicha “amnistiya” e’lon qilindi
Iqtisodiyot | 16:11 / 20.08.2025
80 ta tumandagi bog‘cha va maktablarning bo‘sh yerlarida bog‘chalar quriladi
Iqtisodiyot | 15:25 / 20.08.2025
O‘zbekistonda insultni davolash uchun maxsus shifoxona ochiladi
O‘zbekiston | 20:43 / 19.08.2025
ADWorld ishi: pullar qaytariladimi?
Jamiyat | 16:50 / 19.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron rasmiysi: Rossiya 12 kunlik urush paytida Isroilga razvedka ma’lumotlarini bergan
Jahon | 00:39
-
Toshkentning Ohangaron shohko‘chasida piyodalar uchun to‘rtta yo‘lo‘tkazgich quriladi
O‘zbekiston | 23:16 / 25.08.2025
-
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
O‘zbekiston | 22:39 / 25.08.2025
-
Tramp Rossiya va Ukraina mojarosini «shaxsiy» deb atadi va to‘xtatishga va’da berdi
Jahon | 22:35 / 25.08.2025
Mavzuga oid

23:15 / 24.08.2025
Mirziyoyev Zelenskiyga tabrik yo‘lladi

11:05 / 16.06.2025
«Xalq qabulxonalari dispetcherga aylanib qoldi» - tizimdagi barcha xodimlar bugundan ishdan bo‘shatiladi

11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti

21:36 / 01.05.2024