Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Shvartseneggerni Kaliforniya gubernatori lavozimidagi ishi tufayli kulgiga oldi
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp Hollivud aktyori Arnold Shvartseneggerni ustidan kulib, uning Kaliforniya gubernatori lavozimidagi hamda NBC kanalidagi “Shogird” shou dasturidagi boshlovchilik ishini tanqid qildi.
Avvalroq Shvartsenegger Trampga “ishlar bilan almashishni” taklif qildi. Shu tariqa u prezidentning ko‘rsatuv past reytinglari borasidagi navbatdagi tanqidiga javob qaytargan. Tramp ham bir vaqtlar “Shogird” shousida boshlovchilik qilgan.
“Ha, Arnold Shvartsenegger Kaliforniya gubernatori ishini haqiqatan ham yomon bajardi, biroq yanada yomonrog‘i – uning “Shogird” shousidagi boshlovchilik ishi... Biroq u urinib ko‘rdi!”, - deya ma'lum qildi Tramp Twitter mikroblogida.
“Shogird” shou dasturi NBC telekanalidagi ko‘rsatuv bo‘lib, unda yulduzlar xayriya uchun mablag‘ yig‘ishda ko‘mak beradi. Tramp 2004 yilda uning ijrochi prodyuseri bo‘lgandi. Shou yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishib, uch bora Emmy mukofotiga qo‘yilgan. Biroq keyinchalik millionerdan mojaroli saylovoldi bayonotlari sabab dasturni tark etishni so‘rashgan.
Shou 2017 yilda qayta tiklandi. Dasturda kinoaktyor va Kaliforniya sobiq gubernatori Arnold Shvartsenegger boshlovchilik qila boshladi.
Mavzuga oid
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi
03:48 / 10.08.2020