20:20 / 03.02.2017
6988

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbar tayinlandi

Lianne Kuppens Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbar etib tayinlandi. 

2017 yil 3 fevralda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Kuppens xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar berilmoqda vazirlik matbuot xizmatida.

Kuppens xonim Abdulaziz Kamilovga o‘zining tayinlanishi haqida JSST bosh direktori Margaret Chenning maktubini topshirdi. 

Kamilov va Kuppens muzokaralar vaqtida O‘zbekiston va JSST o‘rtasidagi hamkorlikning rivojlanish holati va istiqbollarini, qo‘shma loyihalar amalga oshirilishining borishi va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi oldida turgan vazifalar doirasida hamkorlikni kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilishdi.  

Top