Amerikalik ishbilarmon, investor va kitoblar muallifi Jyeyms Altusher o‘z blogida qanday qilib “tadbirkor sifatida” fikrlay boshlaganini yozdi. U 90-yillar o‘rtalarida singlisi va uning turmush o‘rtog‘i bilan Reset kompaniyasiga asos soldi. U korporativ saytlar yaratishga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, keyinchalik “nuqta komlar” inqirozidan biroz avval bir necha million dollarga sotib yuborildi. Quyida ushbu material tarjimasini taqdim etamiz.

"Mening ishbilarmon bo‘lish bo‘yicha uchinchi harakatim ham omadsizlikka duch kelgach, barchasini yig‘ishtirishga qaror qildim. “Men hech qachon bu bilan shug‘ullanmayman. Aftidan, bu boshqa kishilarga mo‘ljallangan soha”, - deb o‘yladim.

Men ishbilarmonlikdan nafratlanganman, biroq qayta va qayta u bilan shug‘ullandim, hamda baribir bu ishning uddasidan chiqdim.

Menda biznes-mantiq degan narsa yo‘q edi. Mening biznes haqidagi fikrlarimni faqatgina bir gapda keltirish mumkin edi: sen kim uchundir ish qilasan, pul olasan va hisoblar bo‘yicha to‘laysan. Bilimlar yetarlicha emas edi, biroq sxema ishladi.

Men ishbilarmonlik aslida nima ekanini yaxshi tushunmasdim va hayot kechirish hamda hisoblar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun o‘zimni anglashim kerak bo‘ldi. Sen har gal harakat qilib ko‘rganingda yangi nimanidir anglaysan, shuning uchun hammasi bir kun kelib sen uchun tushunarli bo‘lib qoladi.

Men olgan birinchi dars daromadga oid. Orqamda ko‘plab pullari bo‘lgan investor yo‘q edi, shuning uchun biznes birinchi kundan boshlab daromad keltira boshladi. 

Ya'ni kishilar pul to‘lashga tayyor bo‘lgan servisni taklif etish. Men korporativ saytlar yaratish bilan shug‘ullanishga qaror qildim: 90-yillarda ko‘plab kompaniyalarda saytlar bo‘lmagan.

1. Katta rejalar, biroq aniq strategiya

Bizda katta rejalar bor edi (“har bir kompaniyaga sayt kerak”), biroq o‘zimiz shug‘ullangan har bir kichik detalni ham yaxshi tushunganmiz (men ma'lumotlar bazasini yaratishim, dizayn tayyorlashim, saytni yaxshilashim mumkin edi, xizmatlarni sota olganman va hokazo). O‘z sohangizdagi kichik jihatlarni ham yaxshi tushuning, biroq global maqsadni e'tibordan chetda qoldirmang.

2. Tinimsiz mehnat qiling, biroq majburiyatlarni taqsimlay biling