17:50 / 04.02.2017
37361

“Qamchiq” dovonida avtotransport vositalarining harakati yo‘lga qo‘yildi

Foto: Kun.uz

Avval xabar qilinganidek, 2017 yil 3 fevral kuni soat 09:40 da A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni 233 km.da hajmi 1000 m3 gacha, soat 10:30 da 243 km.da hajmi 250 m3 gacha qor ko‘chkisi sodir bo‘lganligi sababli dovonda avtotrasport vositalarining harakati to‘xtatilgan. 

2017 yil 4 fevral kuni FVV, MV, IIV YHXBB, “O‘zgidromet” markazi va “O‘zavtoyo‘l” AJ kuch va vositalari tomonidan “Qamchiq” dovonining xavfli qiyaliklaridagi qor qatlamlari tushirilib, avtomobil yo‘li qor ko‘chkilaridan tozalandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

“O‘zgidromet” markazining 2017 yil 4 fevral kunidagi qor ko‘chkisi to‘g‘risidagi № 97 sonli byulleteniga asosan, “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘li “Qamchiq” dovonida joriy yilning 4 fevral kuni soat 12:00 dan avtotransport vositalarining ikki tomonlama harakati yo‘lga qo‘yilgan.

Top