09:07 / 04.02.2017
6086

Sietl federal sudyasi Tramp farmonini qisman to‘xtatdi

Foto: UPI

AQShning Vashington shtati Sietl shahri federal sudi hakami AQSh prezidenti Donald Trampning immigratsiya farmoni ijrosini qisman to‘xtatdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.

«Bu qaror ayni vaqtdan boshlab hukumat farmonini bekor qiladi», — deyiladi shtat prokurori Bob Fergyuson bayonotida. 

Avvalroq, Detroyt shahri sudyasi Viktoriya Roberts ham 7 musulmon mamlakatdan kelayotgan fuqarolarning Amerikaga kirishini taqiqlovchi prezident farmoni ijrosini vaqtincha to‘xtatgan edi. 

Ushbu qaror Michigan shtati Sharqiy okrugi sudi so‘roviga javoban qabul qilindi.

Mavzuga oid
Top