19:17 / 04.02.2017
5186

O‘rta yer dengizida ikki kunda mingdan ziyod muhojir qutqarildi

Foto: © AFP

So‘nggi ikki kun davomida Yevropaga Italiya qirg‘oqlari orqali kelmoqchi bo‘lgan mingdan ziyod noqonuniy muhojir O‘rta yer dengizda qutqarildi.

Italiya sohilni qo‘riqlash xizmatining xabar berishicha, juma kuni Italiya transport vazirligi qoshidagi Rim tezkor muvofiqlashtiruvchi markazi ko‘magida 13ta qidiruv-qutqaruv amaliyoti o‘tkazilgan, ularda Italiya sohilni qo‘riqlash xizmati, Yevropa Ittifoqining O‘rta yer dengizidagi harbiy-dengiz muhojirlik amaliyoti Eunavfor Med kemalari va qayiqlari, shuningdek xalqaro nodavlat tashkilotlari kemalari qatnashgan. 

Umumiy soni 1,3 mingdan oshgan qutqarib olingan muhojirlar Sitsiliya va Tunis qirg‘oqlari o‘rtasidagi 160 kilometrlik masofani suzib o‘tishmoqchi bo‘lgan. Ular buni 10ta puflanadigan sol, ikkita yog‘ochli qayiq va bitta barja orqali amalga oshirishga urinishdi.

Bundan tashqari, Italiya patrul kemasi shanba kuni O‘rta yer dengizida uchta amaliyot o‘tkazdi. Ularning davomida 300 kishi qutqarilgan.

Italiya va Liviya payshanba kuni noqonuniy muhojirlikka qarshi kurash sohasidagi harakatlarga bag‘ishlangan memorandum imzoladi. Hujjat odam savdosi va kontrabanda bilan kurashdagi hamkorlikni kuchaytirish, chegaralar nazoratini oshirish va ularni noqonuniy kesib o‘tishni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni nazarda tutgan. 

Mavzuga oid
Top