21:59 / 05.02.2017
10264

Afg‘onistonda yomon ob-havo tufayli halok bo‘lganlar soni 54 nafargacha oshdi

Afg‘onistonda oxirgi uch kun kuchli qor yog‘ishi va ko‘chkilar yuz berishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 54 nafargacha oshdi, deb xabar bermoqda "Frans Press" axborot agentligi. 

Avvalroq 38 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.

"Ayni vaqtda 22 ta viloyatda qor ko‘chkisi va sovuqlar tufayli 54 kishi halok bo‘lgan va 52 kishi jarohatlangan", deb ma'lum qildi Afg‘oniston tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf qilish vazirligi vakili.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, yomon ob-havo sharoiti tufayli 168 ta uy vayron bo‘lgan, 340 bosh chorva nobud bo‘lgan. Tabiiy ofatning asosiy zarbasi Badaxshon va Parvan viloyatlariga to‘g‘ri kelgan. Hukumat qurbonlar soni oshishidan xavotirlanmoqda, chunki qutqaruvchilar hali eng ko‘p jabr ko‘rgan hududlarga yetib bormaganlar. Vazirlikning baholashicha, qor iskanjasida bir necha o‘nlab odamlar qolayotgan bo‘lishi mumkin.

Top