20:18 / 05.02.2017
6442

Aguero uchun yana bir jiddiy da'vogar paydo bo‘ldi

«Chelsi» «Manchester Siti» jamoasi hujumchisi Serxio Agueroga qiziqish bildirmoqda.

Sunday People xabariga ko‘ra, londonliklar jamoasi rahbariyati 28 yoshli bu argentinalik hujumchini yozgi transferlar vaqtida o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Ushbu futbolchining transferiga «Chelsi» murabbiyi Antonio Konte qiziqish bildirgan.

Bundan oldingi xabarlarda «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ushbu futbolchini mavsum yakuniga yetgach, boshqa jamoaga qo‘yib yuborishga roziligi aytilgandi. Ushbu 28 yoshli futbolchini sotib olishga «Real» ham da'vogar. Madridliklar klubi hujumchi uchun 75 million funt sterling to‘lashga tayyor.

Aguero joriy mavsumda APLning 17 uchrashuvida maydonga tushdi va 11 gol urdi hamda bitta golga uzatma berdi.

Ammo jamoaga braziliyalik Gabriyel Jyezus kelib qo‘shilgach, u asosiy tarkibdan tushib qoldi. Gvardiola uni 23 va 24 turlarda «Vest Hem» va «Suonsi» klublariga qarshi o‘yinlarda boshlang‘ich tarkibga kiritmadi.

«Manchester Siti» Agueroni sotadi

Top