16:44 / 05.02.2017
6235

Mourino «MYu» APLda natijaga erisha olmasligini tan oldi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino jamoasining mavsum yakunida qolgan uchrashuv bo‘yicha vazifasi haqida gapirib o‘tdi.

«Premer-ligada g‘alaba qozona olmaymiz, bu yaqqol ko‘rinib turibdi. buning uchun «Chelsi» qancha uchrashuvda yutqazishi kerakligi-yu, biz qancha uchrashuvda ketma-ket g‘alaba qozonishimiz kerakligini bilmayman ham, ammo boshqa musobaqalarda biz g‘alaba qozonishimiz mumkin.  Bizda Angliya liga kubogida g‘alaba qozonish uchun 50 foiz imkoniyat bor, biz Angliya Superkubogida zafar quchishga ulgurdik, Angliya kubogining  1/8 finalida, Yevropa ligasining 1/16 finalida ishtirokimizni davom ettirmoqdamiz. Biz aynan shu musobaqalar bosh sovrinini qo‘lga kiritish uchun harakat qilishimiz kerak», - degan Mourino.

«MYu» hozirgi kunda APL turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda va peshqadam «Chelsi»dan 17 ochkoga ortda qolmoqda. 

Angliya liga kubogi finalida Mourino jamoasi «Sauthempton» bilan kuch sinashadi. Jamoaning Yevropa Ligasidagi raqibi esa  Fransiyaning «Sent-Eten» klubi bo‘ladi.

Top