09:33 / 05.02.2017
3578

Perudagi toshqinlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 23 nafarga yetdi

Foto: AP

Peruda yuz bergan kuchli toshqinlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 23 nafarga yetdi. Bu haqda 4 fevralda Peru mudofaa vazirligi ma'lum qildi.  

Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, yana 37 kishi jarohat olgan. Avvalroq 11 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingan.    

Tabiiy ofat oqibatida mulkiga zarar yetgan odamlar soni 6 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Ofat oqibatida jabr ko‘rganlar umumiy soni esa 72 mingni tashkil qilmoqda. 15 mingta inshootga shikast yetgan, ulardan mingtasi, 14 ta ko‘prik va 46 km yo‘l vayron bo‘lgan.

Hozirda Peru hukumati tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish va aholiga yordam ko‘rsatishga 1,5 mingdan ko‘proq harbiyni jalb qilgan, yana 1,8 ming askar ehtiyoj tug‘ilishi bilan qutqaruv ishlariga qo‘shilishga shay turibdi.

Perudagi toshqinlar kuchli yomg‘irlar tufayli yuzaga keldi. Yanvar oxirida hukumat Arekipa, Uankavelika, Ika va poytaxt Limada favqulodda vaziyat tartibini e'lon qilishga qaror qilgandi. 

Top