Sport | 17:02 / 05.02.2017
11535
2 daqiqa o‘qiladi

Roman Abramovich «Chelsi» futbolchisini «Zenit»ga sovg‘a qilgan

Rus sharhlovchisi Gennadiy Orlov serbiyalik himoyachi Branislav Ivanovichning «Chelsi»dan «Zenit»ga o‘tgani borasida fikr bildirib o‘tdi.

«Ivanovich ajoyib sport formasida. Biz uni «Chelsi» safida qanday o‘ynaganini ko‘rganmiz. Uning yoshiga keladigan bo‘lsak, 32 yosh himoyachi uchun ko‘p narsani anglatmaydi. U juda tajribali futbolchi. Ruscha gapiradi, serb, rus mentalitetiga yaqin bo‘lgan futbolchi. «Lokomotiv»da o‘ynagani uni tezda Rossiya chempionatiga moslashib ketishi uchun yordam beradi. 

Futbolchining transferi klub uchun deyarli tekinga tushganini eshitish juda yoqimli. Albatta tekinga mushuk ham oftobga chiqmaydi, ammo u rasman erkin agent maqomida jamoaga kelib qo‘shildi. Uni Abramovich qo‘yib yubordi. Buni Abramovichning «Zenit»ga qilgan sovg‘asi deyish mumkin. 

U o‘ng qanotda ham, markazda ham yaxshi o‘ynay oladigan futbolchi. Aynan shu tipdagi futbolchi piterliklarga kerak edi. «Zenit»ga himoyani nazorat qilib turadigan Garay kabi futbolchi kerak edi. Endi bu ishni Ivanovich bajaradi.  Ivanovichda ajoyib zarba va to‘p uzatish qobiliyati borliginiyam unutmaslik kerak», — degan Orlov «Exo Moskvy v Peterburge» radiosiga bergan intervyusida.

«Zenit» Branislav Ivanovichning transferini e'lon qildi

Mavzuga oid