Jahon | 20:16 / 06.02.2017
5667
1 daqiqa o‘qiladi

Bild: Germaniya sotsial-demokratlari ilk marotaba Merkel blokidan o‘zib ketishdi

Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi birinchi marotaba ommaviylik bo‘yicha kansler Angela Merkel blokidan o‘zib ketdi. Germaniyaning jamoatchilik fikrini o‘rganuvchi instituti INSA’ning Bild nashri buyurtmasiga ko‘ra o‘tkazgan so‘rovnomasiga muvofiq, sotsial-demokratlarga so‘ralganlarning 31 foizi, Merkel bloki – Xristian-demokratik va Xristian-sotsial ittifoqlarga 30 foizi ovoz berishga tayyorliklarini bildirganlar.  

O‘tgan haftada o‘tkazilgan shunday so‘rovnomaga ko‘ra, Sotsial-demokratik partiya reytingini 4 foizga yaxshilagan, Merkel bloki esa aksincha 3 foiz yo‘qotgan. Shu tariqa, Bundestagdagi navbatdagi saylovlarga yarim yil qolayotganda sotsial-demokratlar o‘zlarining amaldagi yetakchi koalitsiya bo‘yicha sheriklaridan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldilar.

Ikkala siyosiy kuch ham 24 sentabrda o‘tadigan saylovlarda g‘alaba qilishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ygan.

Mavzuga oid