Estoniyaga AQSh armiyasining og‘ir texnikalari yetib keldi
AQSh armiyasining zirxlitank polki birinchi batalonining piyoda rotasi og‘ir texnikalari Estoniyaga yetib keldi. Bu haqda Estoniya mudofaa kuchlari Bosh shtabi ma'lum qilmoqda.
"Tanklar va piyoda jangovar mashinalari (PJM) Estoniyaning Tapa stansiyasiga yetib keldi. Rotaning shaxsiy tarkibi o‘tgan juma kuni (3 fevral) kelgan edi", — deya aniqlik kiritishgan Bosh shtabda.
Avvalroq, AQShning Tallindagi elchixonasi ma'lum qilganidek, Estoniyada Amerika armiyasi 68-zirxlitank polki birinchi bataloni piyodalar rotasi joylashadi. Rota tarkibiga 4ta M1A2 Abrams tanki va 15ta Bradley PJM kiradi.
Harbiy xizmatchilar 2016 yil sentabr oyida Estoniyaga kelgan havo-desant brigadasining rotasini almashtiradi. Texnika va qo‘shinlarni joylashtirish Atlantic Resolve amaliyotining navbatdagi bosqichi doirasida amalga oshirilmoqda.
Amerika harbiylari NATOning xalqaro batalonlari yetib kelguniga qadar, bahorgacha shu yerda qolishadi. Ushbu harbiylar alyansning 2016 yil iyul oyida Varshavada bo‘lib o‘tgan sammitida qabul qilingan qo‘shma qaror doirasida joylashtirilmoqda. Unga ko‘ra, Latviyada Kanada, Litvada Germaniya, Estoniyada Buyuk Britaniya harbiylari joylashadi. AQSh o‘z harbiy batalonini Polshaga safarbar etadi.
Mavzuga oid
15:49 / 25.11.2024
Eng kichik asteroid: u Yerga qachon va qanday qulagan?
08:10 / 25.11.2024
Aleksandr Darchiyev RFning AQShdagi yangi elchisi bo‘lishi mumkin
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024