Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Latviyaga 220 dan ko‘proq amerikalik harbiy yetib keldi
AQSh armiyasi 3-brigadasining og‘ir zirhli texnika rotasining 220 dan ko‘proq harbiysi 6 fevralda Latviyaga yetib keldi, yaqin kunlarda shuningdek "Abrams" tanklari keltiriladi, deb ma'lum qilindi AQSh elchixonasida.
"Amerikalik askarlar Latviya milliy qurolli kuchlari bilan ishlaydi va mashq qiladi. Ular ishga tayyorlanmoqdalar", deb aytilgan elchixonada.
Askarlar ortidan Latviyaga AQShning og‘ir zirhli texnikasi – "Abrams" tanklari va "Bredli" zirhli mashinalari keltiriladi.
2016 yilning 8 iyulida NATOning Varshavada o‘tgan sammitida Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlarida 4 ta xalqaro batalon joylashtirilishi tasdiqlangandi. Latviyadagi batalonga Kanada boshchilik qiladi. NATOning xalqaro bataloni Latviyaga keyingi yil bahorida kelishi mumkin.
Latviya 2004 yildan NATO a'zosi hisoblanadi.
Mavzuga oid
23:29 / 08.01.2026
AQSh BMT Yashil iqlim fondidan chiqdi
20:46 / 08.01.2026
Tramp avvalroq «kasal» deb atagan Kolumbiya prezidenti bilan suhbatlashdi
19:04 / 08.01.2026
AQSh Venesuela nefti hisobiga barrel narxini 50 dollarga tushirmoqchi – OAV
15:55 / 08.01.2026