Jahon | 00:30 / 06.02.2017
17558
2 daqiqa o‘qiladi

Stratfor: "Rossiya hukumati uchun hisob-kitob vaqti"

"Rossiya hukumati uchun hisob-kitob vaqti" maqolasida («Stratfor», 31.01.2017) ta'kidlanishicha, RF retsessiya holatidan chiqishi mumkin, biroq uning ko‘plab hududlarida iqtisodiy tanazzul kuzatiladi. 

Ba'zi hududlar iqtisodiy muammolar chuqurlashayotgani sabab kreditlarni qaytarishdan bosh tortib, bundan keyin ham Kreml siyosatiga qarshi chiqaverishadi. RFning ulkan hududi 85 mintaqaga ajratilgan. Ulardan 70tasi o‘z daromadining 63 foizini federal byudjyetga yo‘llab, 37 foizinigina o‘zida qoldiradi. Federal hukumat uning ko‘pi bilan 20 foizini dotatsiya (davlat tomonidan ba'zi xarajatlarni qoplash uchun ajratilgan pullar) va o‘tkazmalar ko‘rinishida qaytaradi. Oxirgi to‘rt yil ichida Kreml mintaqalardan qaytarib olinayotgan daromadlar summasini 12 foizga oshirdi, 2017 yilda uni qo‘shimcha yana 12 foizga oshirish kutilmoqda. 

2016 yil oxirida Rossiyadagi 25dan ortiq mintaqaning qarz va daromad nisbati 85 foizdan oshdi, Mordoviyada esa u 200 foizga yaqinlashgan. Bundan tashqari, mintaqalarning qarz olib, iqtisodiyotni ko‘tarishdan o‘zga chorasi yo‘q. Mutaxassislarning baholariga ko‘ra, mintaqaviy hukumatlar joriy yilda qarzlarni yopish bo‘yicha to‘lovlarning o‘ziga yana 20 milliard dollar qarz olishlariga to‘g‘ri keladi. Yetti mintaqa qarz va daromad nisbatidagi yirik tafovut sabab moliyaviy beqarorlik yoqasida turibdi.

Mintaqaviy hukumatlar borgan sari federal va davlat banklaridagi zayomlar bilan hisoblashishning uddasidan chiqa olishmayapti. So‘nggi ikki yil ichida o‘nlab mintaqalar davlat zayomlarini qoplashni to‘xtatishgan, to‘rt mintaqa esa o‘zining xorijiy kreditlar bo‘yicha majburiyatlarini bajarashidan bosh tortgan. Moliyaviy bosimning kuchayishi bir qator mintaqaviy rahbarlar tomonidan salbiy munosabatni shakllantirmoqda. 

Mavzuga oid