Farzand tarbiyasi kimlar uçundir xamirdan qil suğurgandek gap. Aslida-çi, u şu qadar jön, soddami? Oilani tarbiya öçoği, deymiz. Uning bağrida farzand nafaqat unib-ösadi, balki jamiyat bilan munosabatga kirişişni örganadi. Göyo kulol loyga şakl berib, maşaqqat ila undan turli-tuman köza yasagani kabi ota-ona ham farzand tarbiyasida ana şunday maşaqqatli yölni bosib ötadi. Ota-onaning xislatu fazilatlari farzandning hayotga munosabati, tasavvurini şakllantirib boradi. Şu bois oila deb atalmiş pölat zanjirning eng muhim halqasi ota-onadir.

Quyida söz yuritmoqçi bölgan mudhiş jinoyatga ham oiladagi muhit sabab bölgandir, balki... Uşbu jinoyat sodir etgan şaxslarning eng kattasi 23 yoşni qarşilagan bölsa, kiçigi endigina 18 yoşga tölgan. Voqea tafsilotlarini öqib, köçada daydib yurgan bu yoşlarning ota-onalari ularni heç tergab turganmikan, degan öyga borişingiz tabiiy.

“Huquq” gazetasining yozişiça, Valeriya Borovskaya (ism-familiyalar özgartirilgan) endigina 18 bahorni qarşilagan. Biroq u hayotda töğri yöldan toyib, boşi berk köçaga kirib qolganlardan ekan. Xullas, Valeriya Toşkent şahridagi kafelarning birida Viktor Nam ismli şaxs bilan tanişadi va uning tadbirkorlik bilan şuğullanişidan xabar topib, mömay pul topişni maqsad qiladi. Ya'ni unda bosqinçilik yöli bilan özganing mol-mulkiga egalik qiliş fikri tuğiladi. Biroq bu işni bir özi eplay olmasligiga közi yetib, rejasini amalga oşiriş uçun tanişlari, muqaddam sudlanib, bu işlarda “tajriba”ga ega bölgan Akmal Norboyev, Yorqin Zokirov hamda Uçqun Sadriddinovlarni jalb qiladi. Ularni V.Namning uyida köp miqdorda pul borligiga qiziqtiradi va bir guruhga birlaşişadi. Söngra jinoiy guruh a'zolari özaro vazifalarni kelişib oladilar.

Rejaga asosan, V.Borovskaya jabrlanuvçi V.Nam bilan uçraşiş bahonasida uning uyiga kirib, özi bilan yaşirib olib kelgan piçoq yordamida uni öldirişi kerak böladi. Agarda iş rejalaştirilgandek amalga oşmasa, taşqarida kutib turgan şeriklari A.Norboyev va Yo.Zokirovni xonadonga kiritib, birgalikda V.Namni öldirib, uyidan pul va boşqa qimmatbaho buyumlarni olib çiqib ketişlari lozim böladi. U.Sadriddinov esa şeriklari bilan doimiy aloqada bölişni, xonadonga biror-bir kimsa yaqinlaşganda, bu haqda xabar berişni zimmasiga oladi.

Taşqi qiyofasi qöhlikkina bölgan Valeriya Viktorni allaqaçon öziga rom qilgandi. Şuning uçun ham Viktor uning uçraşuv belgilaş haqidagi iltimosini rad eta olmadi. Qizning taklifiga köra uçraşuv V.Namning uyida belgilandi. Öşa kuni V.Borovskaya şeriklari bilan birga V.Namning uyi oldida yiğilişdi. Kelişilganidek, A.Norboyev va Yo.Zokirov köp qavatli uyning kiriş yölagida yaşirinib, kutadigan bölişdi. U.Sadriddinov esa taşqarida qoldi. Viktor tanişini heç narsadan gumonsiramay, oçiq çehra bilan kutib oldi. Qiz suhbat çoğida V.Namning e'tiborini çalğitdi va sumkasidagi piçoqni olib, uning böyniga sançdi. V.Nam jonholatda Valeriyaning qölidan piçoqni tortib oldi va oçiq turgan derazadan boşini çiqarib, yordam sörab, baqira boşladi. Paytdan foydalangan V.Borovskaya xonadon eşigini oçib, şeriklari A.Norboyev va Yo.Zokirovni uyga kiritdi. A.Norboyev jabrlanuvçiga taşlanib, uni ura boşladi. V.Borovskaya bilan Yo.Zokirov esa pul va qimmatbaho buyumlarni qidirişga tuşdi va 400 AQŞ dollari hamda 80 ming söm topişdi. Jabrlanuvçining baqiriğidan çöçigan jinoiy guruh a'zolari rejalarini oxiriga yetkaza olmay, voqea joyidan yaşirindilar. Qolaversa, köçada qolgan U.Sadriddinov IIB xodimlari kelayotgani haqida şeriklariga xabar berdi.