15:05 / 06.02.2017
9830

Turkish Airlines reklamasida Morgan Frimanni «klonlashtirishdi» 

Taniqli amerikalik aktyor Morgan Friman Turkiyaning Turkish Airlines aviakompaniyasi reklamasida suratga tushdi. Hollivud aktyori ishtirokidagi video 6 fevral kuni Facebook Aviablogger ijtimoiy guruhida joylashtirilgan.

Lavhada Friman samolyot o‘rindig‘ida o‘tirgan holda tomoshabinlarga murojaat qiladi. U sayohatni xush ko‘ruvchilarga Turkish Airlines xizmatidan foydalanishni tavsiya qiladi.

Shundan so‘ng, kamera 79 yoshli aktyorning havo layneri bortidagi qiyofadoshlarini ko‘rsatadi. Videolavha so‘nggida qorli tog‘ va cho‘milish sohilida o‘tirgan Frimanni ko‘rish mumkin. 

Top