Jamiyat | 08:59 / 06.02.2017
7187
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Kubaliklar hamqishlog‘ining dafn marosimini sahnalashtirishdi

Kubadagi Santyago-de-las-Vegas qishlog‘ida karnaval mavsumi sahnalashtirilgan “dafn marosimi” bilan yakunlandi – ko‘chalar bo‘ylab tirik inson bo‘lgan tobutli “motam” marosimi o‘tgan.

Bu an'anaga qariyb 30 yil bo‘lib, “Pachencho dafn marosimi” nomiga ega. Joriy yilda bosh qahramon rolini “ijro etish” 52 yoshli Divaldo Agiaruga nasib etdi. Erkak rolga shunchalik kirishib ketdiki, “g‘amga botgan” hamqishloqlari va “beva”si u tufayli ko‘z yoshi to‘kayotganliklarida aftini burishtirib oldi.

Mahalliy aholi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bu noodatiy bayram – vafot etgan inson ustidan kulish emas, balki hayotiy muammolar mayda ekani va umrning o‘zi naqadar bebaholigini eslatib qo‘yishni maqsad qilgan.

Mavzuga oid