07:47 / 07.02.2017
13890

AQSh vitse-prezidenti Trampning Putin haqidagi so‘zlariga tushuntirish berdi

AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens Fox News telekanali efirida AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqidagi so‘zlari Amerika xalqiga qaratilmaganini aytdi.   

Avvalroq Tramp Fox News’ga bergan intervyusida dunyo va AQShda juda ko‘plab qotillar borligi va AQSh ham "farishta" emasligini aytgan. U telekanal boshlovchisining Putinni "qotil" degan so‘zlariga shunday izoh bergan.
   
"U aytgan so‘zlar Amerika xalqi yoki Rossiya xalqining oliy maqsadlari va tajribalarining bir xildagi ma'naviy baholariga qandaydir yo‘sinda qaratilmagan bo‘lgan", deb aytdi Pens.   

Pens Tramp Rossiya xalqi va uning hukumati bilan yangi munosabatlar boshlashga yo‘l qidirayotganini ta'kidlab o‘tdi. Uning aytishicha, Tramp "Biz birga ishlashimiz uchun yo‘llar bormi?" degan savol bilan ish ko‘rmoqda.

Pensning ta'kidlashicha, AQSh "juda jiddiy sinovlar" oldida turibdi.

"Rostini aytganda, biz radikal terrorchilikka qarshi kurashishda yangi koalitsiya va yangi sherikliklar yaratishimiz kerak. Ayniqsa Rossiya va AQSh IShID ko‘rinishida umumiy dushmanga ega", deb aytgan Pens.

Mavzuga oid
Top