09:54 / 07.02.2017
14811

AQShda oilaviy juftlik attraksionlar tufayli 140 kilogrammga ozdi

Leksi Rid va Denni har doim ortiqcha vazndan aziyat chekishgan. Biroq bir-birlari bilan uchrashgach, ularning og‘irligi yanada ortib ketdi. Shunda juftlik “Amerika balandliklari”ga borishga qaror qilishdi, biroq attraksion o‘rindiqlariga sig‘ishmadi. O‘sha payt Leksi taxminan 220 kilogramm, Denni esa 130 kilogramm kelardi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu yo‘lning faqat boshi, biroq bunday natijalar xursand qilishi aniq.

Leksi Rid Denniga turmushga chiqqanida, uning vazni 218 kg, turmush o‘rtog‘iniki esa 127 kilogramm kelardi. Indianalik juftlik har kuni taxminan 8 ming kaloriya iste'mol qilishgan - ular faqatgina qovurilgan taomlarni yeyishgan.

Biroq Leksi va Denni o‘tgan yilning yanvarida yog‘larni ketqizib, fastfuddan voz kechishga qaror qilishdi. Juftlik 12 oy davomida 140 kilogrammni yo‘qotishga muvaffaq bo‘ldi.

"Uydagi mebellar bizning vaznimiz tufayli doimo sinardi. Biz ko‘chaga chiqishga ham qo‘rqardik, sababi kishilar bizga har doim katta qiziqish bilan qarashardi. Bundan tashqari, biz sabzavotlar, mevalarni iste'mol qilmasdan, har doim faqat qovurilgan taomlar bilan ovqatlanardik. Biz qanday qilib to‘xtashni bilmas edik", - deydi Leksi.

Denni va Leksi doimiy ravishda nafas olish bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan. Biroq ularni o‘rindiqlarga sig‘ishmagani tufayli “Amerika balandliklari”ga chiqarishmagani so‘nggi tomchi bo‘ldi.

O‘shanda beri juftlik o‘z ovqatlanishiga katta e'tibor bilan qaramoqda, bir haftada besh kun zalga borishayapti va rumbo bilan shug‘ullanishni yoqtirishadi. Shu tariqa Leksi taxminan 100 kilogrammga, Denni esa – 30 kilogrammga ozdi.

"Sizga murabbiy, jarroh yoki foydali ovqatga sarflash uchun ko‘plab pullar kerak emas. Siz o‘zingizni majburlab, og‘ir ishga tayyor bo‘lishingiz kerak. Shunda oradan vaqt o‘tib ko‘zguga qaraganingizda, o‘zingizga o‘zingiz yoqishingiz tayin", - deya aytib o‘tdi Denni.

Top