Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple Hindistonda ishlatilgan iPhone’larni sotmoqchi?!
Amerikaning Apple korporatsiyasi Hindiston hukumatidan soliqlarni to‘lashda bir qadar yengilliklar berishni, shuningdek mamlakatda avval ishlatilgan iPhone smartfonlarini sotishga ruxsat berishni so‘radi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Apple ayni damda respublika hududida aytilgan smartfonlar ishlab chiqarishni tashkillashtirish masalasini muhokama qilmoqda. Korporatsiya hind hukumati bir qator yengilliklar berishidan umidvor bo‘lib turibdi. Ular orasida mamlakatda avval ishlatilgan iPhone qurilmalarini arzonlashtirilgan narxda sotish, Apple uchun 15 yilga soliq to‘lash borasida imtiyozlar berish, shuningdek bojlar miqdorini pasaytirish bor.
Bloomberg’ning ta'kidlashicha, Apple Hindiston hukumati bilan kelishuvga erishsa, Bangalor shahrida smartfonlar ishlab chiqarishni aprel oyi oxiridayoq boshlashi mumkin. Shu bilan bir qatorda, agentlik respublika hukumati ishlatilgan iPhone’larni sotish g‘oyasiga bir qadar salbiy munosabatda ekanini aytmoqda. Bu qurilmalarning narxi 200 dollardan kamroq bo‘lishi mumkin. Amaldorlarning fikricha, bu mamlakatdagi mobil uskunalar bozoriga salbiy ta'sir ko‘rsatishi aniq.
Bloomberg’ning ko‘rsatishicha, Hindiston hukumati avval hech bir kompaniyaga respublikaga ishlatilgan smartfonlarni olib kirib, sotishga ruxsat bermagan. Apple esa tegishli litsenziya berilsa, qurilmalar Hindiston hududida kerakli texnik xizmatdan o‘tishini va'da qilgan.
Mavzuga oid
13:09 / 09.02.2026
Hindiston zavodlari AQSh bilan kelishuv uchun Rossiya neftidan voz kechmoqda
20:35 / 08.02.2026
Smartfonlar bozorining yetakchilari ma’lum qilindi
21:26 / 07.02.2026
Eng ko‘p guruch iste’mol qiladigan mamlakatlar ma’lum qilindi
12:27 / 06.02.2026