19:25 / 07.02.2017
8767

25 yillikning eng yaxshi 100 rejissyori ma'lum qilindi

Keyingi chorak asrning eng yaxshi 100 nafar rejissyori nomlari ma'lum qilindi. Bu haqda Metacritic ma'lumotlariga asoslanib, Quartz portali xabar berdi.

Ro‘yxat minglab retsenziyalar asosida tuzilgan.

Birinchi o‘rinda «O‘smirlik» (Boyhood) va «Tongdan avval» (Before Sunrise) filmlari rejissyori Richard Linkleyter, ikkinchi o‘rinda Mayk Li, uchinchida Jafar Panaxi.

Kuchli o‘nlikka shuningdek, Jan-Per Dardenn, aka-uka Itan va Joel Koenlar, Xirokadzu Koreeda, Stiven Spilberg, Martin Skorseze, Pedro Almodovar va Verner Hertsog ham kiritilgan. O‘nlikda ayol rejissyorlar yo‘q.

Nashrning qayd etishicha, ro‘yxat tuzilishiga asos bo‘lgan retsenziyalar asosan Amerika filmlariga amerikalik kinotanqidchilar tomonidan yozilgan.

Top