09:06 / 07.02.2017
12611

Masjidga o‘t qo‘ygan amerikalik 30 yilga ozodlikdan mahrum etildi

AQShning Florida shtatida yashovchi Jozef Shrayber orlandolik qotil Omar Matin qatnagan masjidga o‘t qo‘ygani uchun 30 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Matin o‘tgan yil iyunida Pulse tungi klubida 49 kishini o‘ldirgan edi. Bu haqda sud vakillariga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda

Shrayber masjidga 11 sentabrda o‘t qo‘ygan. U tomonidan yetkazilgan zarar 100 ming dollarga baholangan. Yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan. Shrayber yong‘in Matin masjidga tashrif buyurgani bilan bog‘liq emasligini aytgan.

12 iyunga o‘tar kechasi Orlandodagi tungi klubda sodir etilgan otishmada 49 kishi halok bo‘lgan va 53 kishi yaralangan. Hujumni sodir etgan afg‘on millatiga mansub Omar Matin politsiya tomonidan bartaraf etilgan. Ushbu hujum AQSh tarixida bunday ko‘p sondagi qurbonlarga olib kelgan jinoyatlardan eng yirigi bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top