18:45 / 07.02.2017
11780

Odil Ahmedov va «Shanghay SIPG» OChL guruh bosqichiga chiqdi

Osiyo chempionlar ligasida saralash bosqichining pley-off o‘yinlari davom etmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov sharafini himoya qiladigan Xitoyning «Shanghay SIPG» klubi o‘z maydonida Tailandning «Suxotai» klubini qabul qildi. Uchrashuv xitoyliklar jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

34-daqiqada Odil Ahmedov uzatgan pasni jamoaning braziliyalik legioneri Oskar osonlik bilan darvoza to‘riga joyladi. Ikkinchi gol 39-daqiqada Elkesen tomonidan urildi, unga Xalk hammuallif bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda yana bitta gol va hisob 3:0. Bu g‘alaba xitoyliklar jamoasini OChLning guruh bosqichiga olib chiqdi. Endi 7 yildan keyin yana OChLga qaytgan Ahmedov o‘z jamoasi bilan «F» guruhida «Seul» (J.Koreya), «Urava Red» (Yaponiya) va «Vestern Sidney» (Avstraliya) klublariga qarshi o‘yinlarda ishtirok etadi.

OChL-2017, saralash pley-off bosqichi
«Shanghay SIPG» (Xitoy) - «Suxotai» (Tailand) – 3:0 (2:0)
Gollar: Oskar (34), Elkesen (39), Toopxundot (58 avtogol).

Top