Oq uy OAV e'tibor bermagan teraktlar ro‘yxatini e'lon qildi
Oq uy ma'muriyati, OAVda yetarlicha yoritilmagan yoki umuman xabar qilinmagan qo‘poruvchiliklar ro‘yxatini e'lon qildi. Hujjatdan unchalik ham ma'lum bo‘lmagan voqealar singari so‘nggi yillarda jahon yangiliklar tasmasida yoritilgan voqealar ham kiritilgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp OAVni teraktlarga e'tibor bermayotganlikda aybladi. "Shunchalikka borishmoqdaki, bu haqda (qo‘poruvchiliklar haqida) xabar qilishmayapti, umuman ko‘p hollarda noxolis matbuot teraktlarni yoritishni istamayapti", — degan Tramp Florida shtati harbiylari qarshisida chiqish qilar ekan.
Shundan so‘ng, Oq uy tahlilchilari 2014 yil sentabr oyidan 2016 yil dekabr oyiga qadar sodir etilgan 78ta qo‘poruvchilik ro‘yxatini tuzib chiqishgan. Ular orasida keng ommaga oshkor qilinmaganlari, xususan, 2014 yil noyabr oyida Saudiya Arabistonida daniyalikka jarohat yetkazilishi yoxud 2015 yil yanvarida Saudiyada AQShning ikki fuqarosi jabrlanishiga oid holatlar bor.
Shu bilan birga, matbuotda keng yoritilgan xunrezliklar ham ro‘yxatdan o‘rin olgan. Masalan, 2014 yili Ottava yodgorlik majmuasida kanadalik askarning o‘ldirilishi, 2015 yilda Texasdagi karikaturalar ko‘rgazmasida terrorchilarning yo‘q qilinishi kabilar shular jumlasidan.
Oq uyning e'tiborsiz qoldirilgan terrorchiliklar ro‘yxatidagi ayrim voqealar jahon yangiliklarida keng yoritilgan. 2015 yil iyunida Tunisda sodir etilgan terakt hamda o‘sha yili Fransiya poyezdida qo‘poruvchilikka urinish OAV e'tiboridan chetda qolmagan.
Bundan tashqari, Oq uy ro‘yxatiga 2015 yil oktabrida Sinay yarim oroli osmonida Rossiya yo‘lovchi samolyoti bortidagi terakt, 2015 yil oxirlaridagi Parij voqealari ham kiritilgan. Shuningdek, Istanbuldagi 2016 yil iyunidagi qo‘poruvchiliklar, 2016 yil iyulidagi Nitstsa terakti ham Oq uyga ko‘ra OAV tomonidan e'tibor berilmagan hodisalardir.
Mavzuga oid
15:49 / 25.11.2024
Eng kichik asteroid: u Yerga qachon va qanday qulagan?
08:10 / 25.11.2024
Aleksandr Darchiyev RFning AQShdagi yangi elchisi bo‘lishi mumkin
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024