18:05 / 07.02.2017
12681

Putin va Merkel Donbassdagi vaziyatni muhokama qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Germaniya kansleri Angela Merkel o‘rtasida telefon muloqoti o‘tkazildi. Siyosatchilar Donbassdagi vaziyat xususida gaplashishgan va bu hududda keyingi haftalarda vaziyat yanada taranglashganidan tashvish bildirishgan.

«Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Germaniya federal kansleri Angela Merkel o‘rtasida telefon muloqoti tashkillashtirildi. Tomonlar keyingi kunlarda Ukraina janubi-sharqida Kiyev tomoni harakatlari ortidan yuzaga kelgan keskin vaziyatni muhokama qilishdi», — deyilgan Kreml xabarida.

Qayd etilishicha, muloqot jarayonida Putin va Merkel o‘t ochishni to‘xtatish zarurligini ta'kidlashgan. Siyosatchilar Ukraina inqirozini hal qilishda diplomatik ishlarni jadallashtirish zarurligini qayd etishgan.

Bundan oldinroq, Ukraina TIV rahbari Pavel Klimkin Donbassdagi tarang vaziyat saqlanib qolgudek bo‘lsa Kiyev harbiy holat e'lon qilishini aytgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top