20:26 / 08.02.2017
7071

79 yoshli Jyek Nikolson kinoga qaytmoqda

Foto: REX

Amerikalik aktyor Jyek Nikolson yetti yillik tanaffusdan keyin katta ekranlarda paydo bo‘ladi. U "Oskar"ga nomzodi qo‘yilgan "Toni Erdmann" filmining ingliz tilidagi rimeykida suratga tushadi. Associated Press shu haqida xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, kartinada amerikalik aktrisa Kristen Uig ham suratga tushadi. Kristen "Marslik", "U" va ""Uolter Mittining ajoyib hayoti" filmlaridagi rollari bilan tanilgan.

Bundan avval germaniyalik Maren Adening "Toni Erdmann" filmi "Xorijiy tildagi eng yaxshi film" nominatsiyasida  "Oskar" mukofotiga nomzod bo‘lgan edi. Komediya janridagi filmda nafaqaxo‘r otaning konsalting kompaniyasida top-menejyer bo‘lib ishlaydigan qizi bilan munosabatlari yoritilgan. 

Ta'kidlanishicha, kartina 2016 yilda Fransiyaning "Sezar" kinomukofotiga nomzod bo‘lgan. 

Yanvar oyida aktyor Piter Fonda Nikolsonning nafaqaga chiqqani haqida ma'lum qilgandi. 

Mavzuga oid
Top