23:00 / 08.02.2017
5002

Abdulaziz Komilov Kuvayt bosh vaziri bilan uchrashdi

Foto: O‘zbekiston TIV matbuot xizmati

Rasmiy tashrif bilan Kuvaytga yetib borgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 8 fevral kuni Kuvayt bosh vaziri shayx Jobir al-Muborak al-Hamad as-Saboh qabulida bo‘ldi. 

TIV rahbari Kuvayt rahbariyatiga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yo‘llagan salom va samimiy tilaklarni yetkazdi.

TIV matbuot xizmati bergan xabarda qayd etilishicha, suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning, avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsion sohalardagi aloqalarning holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa ikki tomonlama va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi O‘zbekiston—Kuvayt biznes-forumi va boshqa qo‘shma tadbirlarda ham ishtirok etishi belgilangan.

Top