11:27 / 08.02.2017
4033

Germaniya Kubogi: «Bavariya» va «Borussiya» M chorak finalda, «Volfsburg» turnirni tark etdi

Germaniya Kubogining nimchorak final bosqichida «Bavariya» «Volfsburg»ni qabul qildi. Myunxendagi «Alyants-Arena» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

O‘yinning 17-daqiqasida «Volfsburg» himoyasini yorib o‘tgan Duglas Kosta to‘pga kuchli zarba berdi. Mehmonlar jamoasi darvozaboni Koen Kastels Luis Gustavoning oyog‘iga tegib, yo‘nalishini o‘zgartirgan to‘pni qaytara olmadi. O‘yinda bu gol yagonaligini saqlab qoldi va myunxenliklar turnirdagi ishtirokini davom ettiradigan bo‘ldi.

Yana bir uchrashuvda «Borussiya» M  «Groyter Fyurta» maydoniga safar qilib, 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi. Shuningdek, «Hamburg» va «Arminiya» jamoalari o‘z uchrashuvlarida g‘alaba qilib, chorak finalga yo‘l oldi.

Bugun nimchorak finalning yana 4ta uchrashuvi o‘tkaziladi. «Borussiya» D «Herta»ni, «Gannover 96» «Ayntraxt F»ni, «Shportfroynd Lotte» «Myunxen-1986»ni qabul qiladi, «Shalke-04» «Zandxauzen» maydoniga safar qiladi.

Bavariya – Volfsburg 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 17 Duglas Kosta.
Bavariya – Noyyer, Martines, Xummels, Alaba, Lam, Xabi Alonso (Kimmix, 73), Vidal, Alkantara, Robben (Koman, 89), Duglas Kosta (Sanshesh, 87), Levandovski.
Volfsburg – Kastels, Viyeyrinya, Rodriges, Knoxe, Gerxardt, Bazur (Didavi, 76), Luis Gustavo, Arnold, Zeguin, Ntep (Gomes, 61), Mayoral (Malli, 46).
Ogohlantirishlar: Luis Gustavo (57), Robben (72), Rodriges (90).

Groyter – Borussiya M 0:2 (0:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 12 Vendt, 0:2 – 36, penalti Azar.
Groyter – Burxert, Franke, van den Berg (Rapp, 46), Narey, Pinter, Kalidjuri, Jul, Gisselmann, Zontaymer (Bolli, 72), Berisha, Dursun (Sararer, 46).
Borussiya M – Zommer, Kristensen, Vendt, Yanchke, Vestergor, Daud (Benesh, 79), Kramer, Jonson (Herrmann, 68), Azar, Shtindl, Drmich (Xan, 72).
Ogohlantirishlar: Kalidjuri (82), Benesh (87).
Chetlatish: Pinter (18).

Hamburg – Kyoln 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 5 Yung, 2:0 – 75 Vud.
Hamburg – Adler, Juru, Duglas Santos, Sakai, Mavray, Uolas (Ostjolek, 65), Yung (Papadopulos, 81), Hunt, Kostich, Vud, Valdshmidt (Dikmayyer, 78).
Keln –    Kessler, Xaynts, Sorensen, Olkovski, Xektor (Bitenkur, 54), O‘zjon (Heger, 54), Raush, Tsoller, Osako (Yoyich, 79), Rudnev, Modest.
Ogohlantirishlar: Uolas (51), Kostich (53), Raush (58), Dikmayyer (90).

Astoriya – Arminiya 1:1 (0:0, 1:1, 0:0, 0:0), penaltilar bo‘yicha - 4:5
Gollar: 0:1 – 52 Shyutts, 1:1 – 78 Karl.
Astoriya – Rennar, Xillenbrand, Pellovski (Shtadler, 77), Nenti, Kirmayyer, Polat (Gross, 78), Kizilyar, Kern, Mayyer (Xofmann, 117), Shon (Xaas, 104), Karl.
Arminiya – Xezl, Berner (Kakutalua, 27), Shuppan (Xarterts, 120), Zalger, Yunglas, Gerlitts, Shyutts, Ulm (Shtaude, 96), Klos, Xemlyayn (Foglzammer, 46), Nete.
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3, 4:4, 4:5.
Ogohlantirishlar: Xemlyayn (40), Nenti (51), Xillenbrand (54), Karl (72), Shon (80), Shyutts (85), Zalger (89), Kirmayyer (89), Shuppan (96), Shtaude (98).
Chetlatish: Shtaude (115).

Top