Xitoy Vashingtonga ikkinchi jahon urushi tarixini esga olishni maslahat berdi
Vashington Janubi-Xitoy dengizidagi bahsli orollar haqidagi bayonotlaridan so‘ng Ikkinchi jahon urushi tarixini yodga olishi kerak. Xitoy tashqi ishlar vazirligi rahbari Van I shunday bayonot bilan chiqdi, deyiladi idora saytida.
«1943 yilgi Qohira deklaratsiyasi va 1945 yilgi Potsdam deklaratsiyasida Yaponiya Ikkinchi jahon urushi natijalariga ko‘ra Xitoyga avval egallab olingan yerlarni, jumladan, Spratli (Nansha) arxipelagi orollarini qaytarib berishga majburligi belgilab qo‘yilgan», - deya ta'kidlab o‘tdi Xitoy TIV rahbari.
Van Ining eslatishicha, 1946 yilda Pekin Amerika tomoni ko‘magida qonuniy asosda Nansha arxipelagi orollari mustaqilligini qaytarib bergan. Biroq keyinchalik bir qancha davlatlar noqonuniy yo‘l bilan bu orollarning ma'lum bir qismini egallab oldi, bu esa Janubi-Xitoy dengizida vaziyatning keskinlashuviga olib keldi.
Vazirning ta'kidlashicha, bahsli orollar masalasi bunga jalb etilgan tomonlarning maslahatlashuvlari va muloqoti yordamida hal etilishi lozim.
Avvalroq AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Amerika Yaponiyani himoya qilish bo‘yicha o‘ziga olgan majburiyatni bajarishga tayyorligini tasdiqladi. Uning ta'kidlashicha, ushbu arxipelag “Yaponiya yurisdiksiyasida bo‘lib, u Vashington hamda Tokio o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va xavfsizlik kafolatlari Kelishuvining beshinchi moddasi ta'sir doirasiga tushadi”.
Ma'lumot uchun, Yaponiya va Xitoy o‘rtasidagi hududiy bahs neft konlari topilgan Senkaku orollariga aloqador. Bu yerni Yaponiya nazorat qiladi, biroq Xitoy 60-yillar oxiridan boshlab unga da'vo qiladi.
Mavzuga oid
00:37 / 25.11.2024
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
08:50 / 14.09.2024
Vashington va London Ukrainaning Rossiyaga zarba berishi bo‘yicha qarorni keyinga qoldirdi
13:23 / 05.06.2024
Ostonadan Vashingtongacha – turli davlatlar poytaxtini nega o‘zgartirgan?
14:35 / 30.03.2024