BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroil tomonidan Falastin hududida turar-joylar qurilishining qonuniylashtirilishini xalqaro qonunbuzarlikdir deb atadi. Bu haqda tashkilot saytida ma'lum qilindi.
"Bu qonun xalqaro qonunchilik buzilishidir va u o‘z ortidan Isroil uchun jiddiy oqibatlar keltiradi", deb aytdi Guterrish.
Guterrish "Ikki xalq uchun ikki davlat" rejasini yo‘qqa chiqaruvchi biror-bir harakatga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.
Avvalroq Isroil parlamenti Falastin hududidagi turar-joylarni qonuniylashtirish haqidagi qonunni qabul qilgandi.