08:38 / 08.02.2017
6487

Pokiston janubi-g‘arbida 6,3 ballik yer silkinishi ro‘y berdi

Pokiston janubi-g‘arbidaa Rixter shkalasi bo‘yicha 6,3 ballik zilzila qayd etildi. Bu haqda Yevropa O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) xabar qildi.

Yer silkinishlari yarim tunda mahalliy vaqt bilan 3:03da 10 km chuqurlikda ro‘y bergan. Zilzila markazi Pasni shahridan 14 km g‘arbda, Turbat shahridan 82 km janubda joylashgan. 

Hozircha, jabrlanganlar va yetkazilgan talofatlar xususida ma'lumotlar yo‘q. 

Mavzuga oid
Top