19:10 / 08.02.2017
17901

Ravon brendi Rossiya avtomobil bozorida top-25 talikka kirdi

Rossiya avtomobil bozori 2017 yil yanvar oyi yakunlariga ko‘ra 5 foizga qisqardi. Yevropa biznesi Assotsiatsiyasi tomonidan e'lon qilingan hisobotda shu haqda so‘z yuritilgan. Unga ko‘ra, o‘tgan oyda Rossiyada yengil va yengil tijorat avtomobillarini sotish hajmi pasaygan. 

Shu bilan birga, hujjatda ta'kidlanishicha, Rossiyada sotilgan eng ko‘p 10 modelning barchasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlaridir. Shunday qilib, 2017 yil yanvar oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan avtomobil savdosi 5 foizga yoki 4 078 donaga pasaygan va jami 77 916 avtomobil sotilgan.

Bunda O‘zbekistonning Ravon brendi 2017 yil yanvar oyida Rossiyada 445 dona avtomobil sotish bilan top-25talikdan joy olgan. Ammo, uning birorta modeli, alohida modellar orasida top-25talikdan o‘rin olmagan. 

Top