13:32 / 08.02.2017
4288

Samsung’ning Xitoydagi zavodida yong‘in ro‘y berdi

Foto: EPA

Xitoyning Tyantszin shahridagi Samsung SDI kompaniyasi zavodida yong‘in ro‘y berdi. Bu haqda Sina axborot portali xabar bermoqda.
 
Uning ma'lumotiga ko‘ra, Utsin tumanidagi maxsus iqtisodiy zonada joylashgan korxona quyoq tutun ichida qolgan. Ayni damda voqea joyiga o‘t o‘chirish va boshqa tezkor xizmatlar vakillari yetib kelgan. Qurbonlar va jabrlanganlar haqida xabarlar yo‘q.

Zavod litiy-ionli akkumulyatorlar, tokning kimyoviy manbalari, shuningdek, boshqa uskuna va mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Mavzuga oid
Top