19:38 / 08.02.2017
5092

Toshkentda “Osiyoda o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlashda gender masalalarning baholanishi” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi

8 fevral kuni Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik Markazida “Osiyoda o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlashda gender masalalarning baholanishi” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi

YuNeSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, vazirlik huzuridagi Bosh ilmiy-metodik Markaz tomonidan tashkil etilgan o‘quv-seminarida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi vakillari, YuNeSKO vakolatxonasi xodimlari, oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari hamda amaliyotchi-mutaxassislar ishtirok etishdi.


O‘quv seminari ishtirokchilari o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlarda anketa-so‘rovnomalari o‘tkazildi:

- o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlash bo‘yicha darsliklar mualliflari uchun; 

- o‘qituvchilar tayyorlash uchun ta'lim dasturlari va o‘quv materiallarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar rahbarlari  uchun;

- maktab darsliklarini gender baholash uchun;

- o‘qituvchilarni kasbiy tayorlash bo‘yicha tashkilotlar uchun va boshqalar.

Ma'ruzalar, savol-javoblardan tashqari anketa-so‘rovnomalar shaklida o‘tkazilgan o‘quv-seminari ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi. 

Top