Jahon | 07:45 / 08.02.2017
17765
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp va Erdo‘g‘an muloqot o‘tkazdi

AQSh prezidenti Donald Tramp va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an birinchi marta telefon orqali suhbatlashishdi. Bu haqda Daily Sabah nashri xabar qilmoqda.

Davlat rahbarlarining muloqoti 45 daqiqa davom etgan va ijobiy kayfiyatda bo‘lib o‘tgan, deya qayd etgan gazeta manbalari. 

Nashrning qayd etishicha, rasmiy Anqara ma'muriyati Vashington bilan munosabatlarini «yangidan» boshlashni rejalashtirmoqda va AQShning yangi ma'muriyati prezident Barak Obama davrida yo‘l qo‘yilgan «xatolarni takrorlamasligi»ga umid qilmoqda. 

Bundan tashqari, Turkiya hukumati Tramp ma'muriyatining turkiyalik muxolifatchi Fathulloh Gulenni ekstraditsiya qilish bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilishini kutib qolmoqda. 

Mavzuga oid