Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida soğliqni saqlaş tizimidagi muammolar va sohaning rivojlaniş istiqbollariga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi. 

Davlatimiz rahbari soğliqni saqlaş tizimidagi muammolarni çuqur tahlil qilib, ularni bartaraf etiş yuzasidan amalga oşirilayotgan işlar samaradorligi, rahbarlar mas'uliyati va şaxsiy javobgarligi xususida atrofliça töxtaldi. 

“Ötgan yili kasal çaqaloqlar tuğiliş foizi şunçaga kamaydi...Qanday foiz Galina Karimovna? Men Içki işlar vazirligi rahbarini nimaga özgartirdim. Bizda bunday holatlar kuzatilmasligi uçun. Ya'ni, jinoyatçilikni keskin ravişda kamayişi. Buning uçun nima kerak? Profilaktika. Nimani? Huquqbuzarlikni. Tibbiyot nima bilan farq qiladi? Xuddi şu. Odamlar keçasi qaçon tinç uxlaydilar? Qaçonki, uçastka inspektori köçada yurganini körişsa. Oilaviy poliklinikalar oçiq – borib qon topşiradi. Denovdan qon topşiriş uçun esa u Termizga boradi. Termizda qon topşiradi! U kelsa, hamma yer yopiq: Soat öndan keyin yopildi! U yana qaytib ketişga majbur. 100 kilometr. Nima uçun u xususiy sektorga boradi? Çunki u yerda uni qabul qilişadi. U yerda hamma narsaga pul tölaydi. Biz qayerga qarab ketmoqdamiz? Virtual qabulxona yaratdik, deymiz. Nima uçun odamlar kasalxonalarda navbatlarda turibdi, nima uçun hamma narsaga pul tölaşadi? Hamma narsaga – joyga, ukolga, dori-darmon, “xuşmuomala”ga pul tölaşadi Adham Ilhomoviç.

Sobiq rahbarlar yöq joyda yangi ToşMI qurişdi. Oldingi rahbarlardan yangi ToşMIlar qolgan. Hozirgilardan nima qoldi 20 yilda? Keçirasizlar-ku, faqat ğöddayiş. Nima uçun men bu sözlarni aytmoqdaman. Bir-birini himoya qilişni bas qiliş kerak. Alimov Soğliqni saqlaş vaziri bölganda, biz vazirlikni butunlay öldirdik. Bu mening ham aybim. Adham Ilhomoviç yoş, sadoqatli kadrlarni işga oliş lozim”, degan Özbekiston Prezidenti.