Özbekistonda bu yili Navröz bayramini ötkaziş tartibi avvalgi yillardagidan farqli bölişi kutilmoqda.
Özbekistonning yangi prezidenti Şavkat Mirziyoyev bu yilda Navröz bayrami özgaça nişonlanişiga işora qilgan. Xususan, Alişer Navoiy nomidagi milliy boğda tantanali tadbir uyuştirilmaydi, bayram kuni Toşkent şahridagi yöllar yopilmaydi. Şahardagi barça xiyobonlar va boşqa istirohat boğlari şaharliklar va poytaxt mehmonlari uçun oçiq böladi.
Navröz bayramigaça bir oydan köproq vaqt qoldi. Hozirça bu boradagi özgarişlar haqida rasmiy ma'lumotlar berilmagan, Madaniyat va sport işlari vazirligida bu masalaga oydinlik kiritiş böyiça savolga javob qaytarişdan boş tortişgan hamda davlat rahbarining bunday farmoni yöqligi bildirilgan.
Navröz bayrami Özbekistonning butun hududida yuz yillardan buyon nişonlanib kelinadi. Özbekiston mustaqillikka erişgaç, Navröz bayrami tiklangan va 21 mart kuni rasman bayram kuni sifatida nişonlanişi joriy etilgan. Bu kunda joylarda konsertlar uyuştiriladi, savdo yarmarkalari hamda köpkari taşkil etiladi, katta qozonlarda sumalak tayyorlanadi.
Eslatib ötamiz, ötgan oyda Prezident Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida sözlagan nutqida bu yil Navröz qanday nişonlanişini aytgandi.
«Biz bu yil Navrözni xalq sayli qilamiz. Ana şuni hamma bilsin. Biz hozirdan tayyorgarlik qilaylik. Bu yil odamlar bilan muloqot yili deb e'lon qildik. Navröz — sayl bu. Şuning uçun mana hamma rayon hokimlari eşitsin — dalalarda, boğlarda sayl böladi. Toşkentda ham mana şu 11ta rayonimizda boğlar quryapmiz. Biz topşiriq berdik, saylda qatnaşamiz hammamiz.
Odamlar emin-erkin xohlagan boğiga borsin, mazza qilsin», — degandi u.

















