08:22 / 09.02.2017
7038

Britaniya tashqi ishlar vaziri Amerika fuqaroligidan voz kechdi

Foto: AP

Buyuk Britaniya TIV rahbari Boris Jonson AQSh fuqaroligidan voz kechdi. Amerika moliya vazirligidan olingan ko‘chirma shunga asos qilinmoqda. 

Boris Jonson 1964 yilda Nyu-Yorkda tug‘ilgan, shu sababli Buyuk Britaniya fuqaroligidan tashqari Amerika pasportiga ham ega edi. U 2015 yilda Londondagi uyini sotgani uchun Amerika g‘aznasiga soliq to‘lagan. 

Reyter agentligining yozishicha, AQSh g‘aznachiligi Amerika fuqaroligi yoki AQShda yashash ruxsatnomasidan voz kechganlarning ro‘yxatini yuritadi. 

Hozircha, vazirning o‘zi ikkinchi fuqaroligidan voz kechishiga doir xabarlarga izoh bermagan. 

Top